Qator ma’lumotlarni talab qilish bekor bo‘ladi

Qator ma’lumotlarni talab qilish bekor bo‘ladi
Prezidentning «Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga (24.07.2021 yil PF-6269-son) ko‘ra, 2022-yil 1-yanvardan boshlab davlat organlari tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlik sub’yektlaridan qator ma’lumotlar talab qilinmaydi.
Jumladan,
 a) quyidagi faktlarni tasdiqlovchi:
  • tadbirkorlik sub’yekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma ma’lumotlarini;
  • litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar qabul qilinganligi to‘g‘risida tasdiqnoma mavjudligi bo‘yicha ma’lumotlarni;
  • davlat boji, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar to‘langanligi to‘g‘risida ma’lumotlarni;
  • qimmatli qog‘ozlar, qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan operatsiyalar, dividendlar olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
  • kam ta’minlangan oila yoki oila a’zosi sifatida ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida ma’lumotlarni;
  • jismoniy shaxslar tomonidan to‘langan va olingan alimentlar to‘g‘risida ma’lumotlarni;
  • oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom ma’lumotlarini;
  • jismoniy shaxs o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqida ma’lumotlarni;
  • jismoniy shaxs umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) muassasasini tugatganligi haqida ma’lumotlarni;
  • fuqaro “Yoshlar daftari” yoki “Ayollar daftari”da mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlarni;
  • o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlarni;
  • oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlarning imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat to‘g‘risida ma’lumotlarni;
b) quyidagi hujjatlarni:
  • moliyaviy hisobotlar nusxalarini;
  • jismoniy shaxslarning oxirgi 12 oydagi ish haqini tasdiqlovchi ma’lumotnomalarni;
  • ijtimoiy nafaqa va pensiyalar to‘langanligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni talab qilish bekor qilinadi.
Bunda, davlat organlari va tashkilotlari jismoniy shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, ishga qabul qilish jarayonida va boshqa ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirishda yuqoridagi hujjat va ma’lumotlarni belgilangan mas’ul davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda «Elektron hukumat» tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab oladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar