O‘zbekistonda 2022 yil 1 yanvardan boshlab bir qator davlat xizmatlari uchun undiriladigan to‘lovlar kamaytiriladi va ayrimlari uchun to‘lovlar bekor qilinadi. Bu Prezidentning 24 iyuldagi tegishli farmonida belgilab qo‘yilgan, deya xabar bermoqda «Gazeta.uz».
Jumladan, 2022 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston fuqarolariga xorijga chiqish uchun biometrik pasport («zagranpasport», «qizil pasport») olish xizmati narxi bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 1 baravari (25 iyul holatiga ko‘ra — 245 ming so‘m) etib belgilanmoqda. Hozirgi vaqtda ushbu xizmat uchun to‘lov miqdori BHMning 1,2 baravari (25 iyul holatiga ko‘ra — 294 ming so‘m)ga teng.
Tadbirkorlik sub’ektlariga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani to‘g‘risida yangi namunadagi guvohnoma berish xizmati haqi BHMning 1 baravaridan 20 foizi (49 ming so‘m)gacha, advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hay’atlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish BHMning 2 baravari (490 ming so‘m)dan 1 baravarigacha pasaytiriladi.
Shuningdek, xususiy bandlik agentliklari reyestriga kiritish yangi tartib bilan bepul amalga oshiriladi — amaldagi tartib bo‘yicha ushbu xizmat haqi BHMning 1 baravari (245 ming so‘m)ga teng edi.
Bundan tashqari, hujjat bilan 2022 yil 1 yanvardan boshlab davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlarning davlat xizmatini ko‘rsatish uchun mas’ul davlat organlari va tashkilotlari hisobiga yo‘naltiriladigan qismining kamida 20 foizi ushbu tashkilotda axborot texnologiyalarini rivojlantirish, shuningdek, qog‘oz ko‘rinishdagi hujjatlarni raqamlashtirish uchun yo‘naltirilishi belgilab qo‘yilgan.
Moliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda davlat organlari va tashkilotlarida mazkur mablag‘larning axborot texnologiyalarini rivojlantirish, shuningdek, qog‘oz ko‘rinishdagi hujjatlarni raqamlashtirish uchun yo‘naltirilishini doimiy ravishda monitoring qilib boradi.
Ma’lumot uchun, 2021 yil 1 yanvardan boshlab o‘zbekistonliklar chet elga faqat «qizil pasport» bilan chiqishi tartibi joriy etilgan. Qayd etish joiz, O‘zbekistonda 2021 yil 1 iyundan boshlab bunday pasportni rasmiylashtirish eksterritorial tamoyil asosida amalga oshirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi