1 983
O‘zbekistonda bukmekerlik va totalizator faoliyati hali ham qonuniy emasligi ma’lum qilindi
O‘zbekiston hududida bukmekerlik va totalizator faoliyatini amalga oshirish uchun biror-bir xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga litsenziya berilmagan. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi xabar berdi.
O‘zbekiston Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi «O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq, O‘zbekistonda 2021 yil 1 yanvardan boshlab Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan litsenziya olish orqali bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berish nazarda tutilgan edi.
Shu bilan birga, onlayn qimor bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar, ishtirokchilar majburiyatlarini tartibga solish, kelishilgan o‘yinlarning oldini olish maqsadida Kapital bozorini rivojlantirish agentligiga Ma’muriy va Jinoyat kodeksiga tegishli qo‘shimcha hamda o‘zgartirishlar kiritish vazifasi yuklatilgan.
Ma’lumot uchun, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi aprel oyining boshida tugatilgan va uning barcha vakolatlari Moliya vazirligiga o‘tkazilgan edi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi 2021 yil 1 yanvardan kuchga kirgan Prezident farmoni ijrosini o‘rganish olib borgan. Shu maqsadda, agentlik mart oyida Kapital bozorini rivojlantirish agentligiga so‘rov xati yuborgan.
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi 2021 yil 25 martda taqdim etgan ma’lumotda o‘sha vaqtda litsenziyalash bo‘yicha hukumatning qaror loyihalari ishlab chiqilayotgani hamda O‘zbekiston hududida bukmekerlik va totalizator faoliyatini amalga oshirish uchun biron-bir xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga litsenziya berilmagani qayd etilgan.
«Yuqoridagilarga asoslanib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 191-moddasiga (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar) va Jinoyat kodeksining 278-moddalariga (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish) muvofiq bukmekerlik va totalizator kabi faoliyat turi hali ham qonuniy emas», — deyiladi xabarda.
Agentlik «Reklama to‘g‘risida»gi qonunning 6-moddasiga (reklamaga doir asosiy talablar) muvofiq ishlab chiqarilishi yoki realizatsiya qilinishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan mahsulot to‘g‘risida axborot tarqatish taqiqlanishini eslatib o‘tgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi