18:47 / 30.07.2021
3 042

O‘zbekiston YHX xodimlari 1 avgustdan yangi namunadagi ko‘krak nishonida ish olib boradi


Foto: YHXBB matbuot xizmati
O‘zbekiston YHX xodimlari ichki ishlar vazirining buyrug‘i asosida 1 avgustdan boshlab yangi namunadagi ko‘krak nishonida ish olib boradi. Bu haqda IIV YHXBB matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, oltin rangli qalqon ko‘rinishidagi yangi namunadagi ko‘krak nishoni aluminiydan tayyorlangan.

Uning asosida IIV emblemasi va hududiy kod va raqamlar joylashgan. Emblemaning yuqori qismida yarim doira shaklida O‘zbekiston Respublikasi, uning yuqorisida Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati, pastki qismida esa Ichki ishlar vazirligi yozuvi yozilgan. Eng yuqori qismida 8 va 5 qirrali yulduz hamda yarim oy joylashgan.

Ko‘krak nishoni belgisi kodi ikki xonali harf va to‘rt xonali raqamdan iborat.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston YHX xodimlari 1 avgustdan yangi namunadagi ko‘krak nishonida ish olib boradi