2 271
Amazon’da savdo qilish halolmi? O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati javob berdi
Foto: DPA
Dunyodagi eng yirik onlayn savdo platformasi — Amerikaning Amazon kompaniyasi Markaziy Osiyodan, shu jumladan, O‘zbekistondan bo‘lgan sotuvchilarga o‘z tovarlarini saytda ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat bergani haqida xabar berilgan edi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati Amazon internet bozorida sotilayotgan tovarni ham, xaridorni ham ko‘rmasdan savdo qilish halolmi, degan savolga javob berdi.
«Bismillahir Rohmanir Rohim. Kishi sotib olgan molini hali qo‘liga olmay turib, boshqaga sotmasligi lozim. Chunki molni qo‘lga olishdan avval sotish va undan foydalanish shar’an haromdir.
Hakim ibn Hizom roziyallohu anhu Rasululloh sallollohu alayhi vasallamdan rivoyat qilingan, ya’ni ‘O‘zingda bo‘lmagan narsani sotma’ degan hadisga binoan shariatda man qilingandir. Shuningdek, Imom Ahmad va Imom Abu Dovudlar Zayd ibn Sobit raziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda: Rasululloh (s.a.v.) ‘Savdo mollari sotilgan joyida toki tojirlar (izoh: savdogarlar) o‘z moliga qo‘shib olmaguncha qaytadan sotilmas’, deganlar.
Agar sotib olingan tovarni sotib oluvchi yoki uning vakili qo‘liga olsa, so‘ng bu tovarni sotish joiz bo‘ladi. Agar sotib oluvchi yoki uning vakili tovarni qo‘liga olmaydigan bo‘lsa, sotish joiz emas. Sotishdan oldin sotib olingan narsani qo‘lga olish shart. Vallohu a’lam», — deyiladi Fatvo hay’ati xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?