
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida «Remdesivir» nomli dori vositasining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Departamentning Yakkasaroy tuman bo‘limi va Toshkent shahar IIBB bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro T.Q va A.X. pandemiya sharoitida aholining iste’mol talabi yuqori bo‘lgan dori vositalarini qimmat narxlarda o‘tkazish orqali daromad orttirishni ko‘zlab, xorijda ishlab chiqarilgan «Remdesivir» dori vositasini har bir donasini 640 ming so‘mdan hisoblab, jami 120 donasini 76,8 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Ularga tegishli avtomashinada yana 30 dona «Remdesivir» dori vositalari borligi aniqlanib, jami 101,6 million so‘mlik dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar