3 142
Qashqadaryodagi imtihonlarda birovning o‘rniga kirgan 14 nafar soxta abituriyent ushlandi
Foto: Qashqadaryo viloyati IIB matbuot xizmati
O‘zbekistonning barcha hududlarida 5 avgustdan 2021/2022-o‘quv yili uchun test imtihonlari boshlandi. Imtihon vaqtida telefondan foydalangani aniqlangan abituriyentlar dalolatnoma asosida test sinovlaridan chetlashtirmoqda.
Xususan, Qashqadaryo viloyati IIB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Qarshi shahridagi «Nasaf» o‘yingohida o‘tkazilgan test sinovlarida imtihonlar boshlanganidan to shu kungacha o‘zganing o‘rniga kirgan 14 ta, uyali telefondan foydalangan 17 ta, yashirincha ovoz eshitish moslamasidan foydalangan 4 ta holat aniqlangan.
Hozirda aniqlangan holatlar yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari stadion va xiyobonlarda o‘tkazilmoqda. Davlat test markazi bergan ma’lumotga ko‘ra, joriy o‘quv yili uchun 948 ming 211 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan.
DTM direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov barcha abituriyentlarga birinchi navbatda o‘z bilimiga ishonishga chaqirib, qoidani buzayotganlar haqida ma’lumot berishni so‘radi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi