Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotidan avval tadbirkorlardan murojaatlar qabul qilish yakunlandi. Jamoatchilik tomonidan kutilayotgan ushbu ochiq muloqotga shu kungacha maxsus shtabga 15 mingdan ziyod murojaat kelib tushgan. Eng kam murojaat davlat xaridlari, korrupsiya va byurokratik to‘siqlarga oid.
10 avgustda tadbirkorlar murojaatlarini qabul qilish yakunlandi, shu paytgacha maxsus shtabga 15 309 ta murojaat kelib tushgan. Bu haqda 12 avgust kuni investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida bo‘lib o‘tgan brifingda ma'lum qilindi, deya xabar bermoqda Kun.uz nashri.
Yakuniy tahlillarga ko‘ra, tadbirkorlardan biznesni moliyalashtirish, kreditlashtirish va subsidiyalar borasida eng ko‘p murojaat kelib tushgan. Eng kam murojaatlar korrupsiya va davlat xaridlariga oid.
Murojaatlar sohalar bo‘yicha quyidagicha:
Hududlar kesimida tahlil qilinganda aksariyat masalalar Toshkent shahri (1 564 ta), Surxondaryo (1 395 ta), Toshkent (1 357 ta), Qashqadaryo (1 288 ta) va Farg‘ona (1 250 ta) viloyatlaridan kelib tushgan.
Kelib tushgan murojaatlarning 81,1 foizdan ortig‘i hal etilgani aytilmoqda.
Avvalroq, ochiq muloqot avgustning birinchi yarmida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgani aytilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi