08:00 / 13.08.2021
2 458

Navoiydagi gaz-zapravkada portlash sodir bo‘ldi

Navoiydagi gaz-zapravkada portlash sodir bo‘ldi
Kadr: Videodan skrinshot
Navoiy shahrida joylashgan gaz quyish shoxobchasida portlash sodir bo‘lib, yong‘in kelib chiqdi, deya xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, 12 avgust kuni soat 19:16 da Navoiy viloyati, Navoiy shahar, Me’morlar ko‘chasida joylashgan, propan gaz quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Ushbu holat bo‘yicha yong‘in joyiga 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Birinchi yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 19:18 da voqea joyiga yetib borib, soat 19:45 da yong‘in qurshab olingan va soat 19:53 da yong‘in batamom o‘chirilgan.

Yong‘in kelib chiqish sababi «ZIL-130» rusumli propan yoqilg‘i tashish avtomobili o‘zidagi suyultirilgan gazni to‘kish vaqtida chaqnash sodir bo‘lgan, oqibatda yuk avtomobiliga foydalanish uchun o‘rnatilgan gaz balloni yorilishi sabab yong‘in kelib chiqqan.

«ZIL-130» rusumli suyultirilgan yoqilg‘i tashish avtomobiliga o‘rnatilgan sig‘imga zarar yetmagan.

Hodisa oqibatida shoxobcha yaqinidan harakatlanib ketayotgan «Moskvich-412» rusumli avtomashina haydovchisi va 3 nafar yo‘lovchisi turli darajada kuyish tan jarohatini olgan, halok bo‘lganlar yo‘q.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat