
Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Bris Rokvey Toshkentda nega yashamasligini izohlar ekan, mashina haydash juda qo‘rqinchli ekanini bildirgan.
«To‘g‘risini aytsam, avtomobillar harakati juda qo‘rqinchli. Mashina haydashga qo‘rqaman, chunki umuman qoida yo‘q. Goh o‘ngdan, goh chapdan quvib o‘tishadi, yonchiroqlarni hech kim yoqmaydi», degan elchi.
Elchi ushbu muammoni bartaraf etish uchun Fransiya tajribasini misol qilib keltirdi.
«Birinchidan, o‘qitish, talablar darajasini oshirish kerak. Fransiyada haydovchilik guvohnomasini olish juda qiyin, yozma va og‘zaki imtihonlar bor. Bizda sariq yo qizilda o‘tib ketish katta qoidabuzarlik hisoblanadi. Buning uchun guvohnomadan mahrum qilishlari mumkin», degan elchi Rokey.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, yo‘llardagi YTHlarni kamaytirish uchun infratuzilmani yaxshilash, yo‘llarni yoritish, trassalar sifatini oshirish kerak.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar