3 015
Andijonda uyida obodonlashtirish xodimlarini majburan ishlatgan prokuror ishdan olindi
Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani prokurori Sardor Rajabboyev tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlarini shaxsiy hovlisida ishlashga majburlaganlikda gumon qilinayotgani haqida xabar berilgandi. Bosh prokuratura ma’lum qilishicha, unga nisbatan tayinlangan xizmat tekshiruvi yakunlangan.
Tekshiruv natijasiga ko‘ra, bosh prokurorning 2021 yil 23 avgust kungi buyrug‘iga asosan Sardor Rajabboyev intizomiy jazo tariqasida egallab turgan Qo‘rg‘ontepa tumani prokurori lavozimidan ozod qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Muxbir Daliyev Telegram kanalida tuman prokurori Sardor Rajabboyev uyida obodonlashtirish xodimlarini majburan ishlatayotgani haqida xabar berilgandi. Ta’kidlanishicha, ishchilar 2021 yilning bahoridan kuzigacha ishga jalb qilingan. «Katta ehtimol bilan, obodonlashtirish ishchilarining ish haqi davlat tomonidan to‘langan», — deyiladi xabarda.
Bu vaziyatga prezidentlikka nomzod Bahrom Abduhalimov munosabat bildirib, bu holat korrupsiyaga teng ekanini ta’kidlab o‘tgandi.
«Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari ish vaqtida prokurorning hovlisida ‘o‘z ixtiyori’ bilan ishlagan, ularga ajratilgan ish haqi davlat korxonasi hisobidan to‘langan. Janob prokuror mard bo‘lib o‘zgalar mehnatidan foydalanibdi, ish haqini ham budjetdan emas, o‘z hisobidan to‘lasin-da endi», – degan edi «Adolat» partiyasi vakili. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi
Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi
Gaaga sudi Isroil harakatlarini tekshiruvdan o‘tkazmoqda
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Shimoliy koreyaliklarning aql bovar qilmaydigan 7 ta kundalik odati
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi