17:40 / 25.08.2021
2 713

Toshkentda Gentra’ni kiyimsiz boshqarib ketayotgan mast fuqaro javobgarlikka tortildi

Toshkentda Gentra’ni kiyimsiz boshqarib ketayotgan mast fuqaro javobgarlikka tortildi
Kadr: Telegram
Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan «Xavfsiz poytaxt» maxsus profilaktik tadbirlari davomida mast holda avtomobil boshqargan haydovchi aniqlandi. Bu haqda «Toshkent» telekanali orqali ma’lum qilindi.

Ma’lum qilinishicha, poytaxtning Qoratosh ko‘chasida olib borilgan tadbir davomida YPX xodimlari Gentra avtomobilini kiyimsiz boshqarib kelayotgan haydovchini nazorat uchun to‘xtatgan. Tekshiruv davomida mashina egasidan spirtli ichimlik hidi anqib turgan, salonda esa turli alkogol mahsulotlari bo‘lgan. Fuqaro mastligini tan olmasdan, ichki ishlar xodimlariga qarshilik ko‘rsata boshlagan.

O‘tkazilgan tibbiy ekspertiza natijasiga ko‘ra, haydovchining spirtli ichimlik iste’mol qilgani tasdiqlangan. Gentra avtomobili jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Shuningdek, patrul-post xizmati xodimlari tomonidan nazorat uchun to‘xtatilgan yana bir Lacetti haydovchisi organ xodimlariga sababsiz qarshilik ko‘rsatgan.

Tekshiruv davomida mashina ichida bo‘lgan yo‘lovchilar sumkasidan giyohvandlik moddasi deya taxmin qilingan vositalar topilgan. Holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar va ashyoviy dalillar Tergov boshqarmasi xodimlariga topshirilgan.

Aniqlangan holatlar bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan, qoidabuzarlar javobgarlikka tortilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat