
Surxondaryo viloyati Boysun tumanida Malibu haydovchisi harakatlanib ketayotgan «KamAZ»ga pnevmatik to‘pponchadan o‘q uzdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Voqea 27 avgust kuni soat 16:34 larda tumanning «Shifobuloq» mahallasi hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lida yuz began. M.D. Malibu’ni boshqarib borib, shu yo‘lda harakatlanib ketayotgan M.A. boshqaruvidagi «KamAZ» yuk mashinasiga o‘zida bo‘lgan pnevmatik to‘pponcha bilan 2 marotaba o‘q uzgan.
28 avgust kuni D.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi «b» bandi (o‘qotar qurolni namoyish qilib, uni qo‘llash bilan qo‘rqitib yoki qo‘llab bezorilik sodir etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Pnevmatik to‘pponcha, 1 dona magazin va o‘qlar tekshirish uchun hujjatlashtirib olingan.
Surxondaryo ViloyatiBoysun TumaniJinoyat KodeksiPnevmatik To‘pponchaKamAZ Yuk MashinasiM-39 Avtomobil Yo‘li O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar