date
views 2 400

Qidiruvdagi “Nexia” G‘ijduvon tumanidan topildi

Qidiruvdagi “Nexia” G‘ijduvon tumanidan topildi
Xorazm viloyat iktisodiy sudining 2.04.2020 yildagi ijro hujjatiga asosan “Omon Xasanon” fermer xo‘jaligidan undiruvchi AT “Xalk banki” Xonqa tumani filiali foydasiga 290,8 mln. so‘m qarzdorlik undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati byuroning Xonqa tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan kundan ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan va qaror nusxasi taraflarga yuborilib, qarzdorga ixtiyoriy muddat berilgan.

Qarzdor ixtiyoriy muddatda qarzdorlikni to‘lamaganligi sababli ijro ishi doirasida qarzdorning barcha yo‘nalishlariga cheklovlar qo‘yilib, unga tegishli bo‘lgan “Nexia 3” rusumli transport vositasiga nisbatan ham bo‘lim tomonidan 02.06.2021 yilda qidiruv e’lon qilingan.

Byuroning Xorazm viloyati boshqarmasi qidiruv sho‘’basi hamda Xonqa tumani bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv harakatlari natijasida mazkur transport vositasi Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumanida harakatlanib yurganligi aniqlanib, vaqtincha saqlash maqsadida G‘ijduvon tumanida joylashgan YPX maskaniga olib borilib, transport vositasi xatlandi.

Hozirda, Byuroning Xonqa tumani bo‘limi tomonidan ijro ishi yuzasidan qarzdorlikni bartaraf qilish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qidiruvdagi “Nexia” G‘ijduvon tumanidan topildi