2 018
Qashqadaryoda multiradarlar bilan jihozlangan patrul avtomobillari harakatlanishni boshladi
Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
Qashqadaryo viloyati hududidan o‘tgan avtomobil yo‘llarida multiradarlar bilan jihozlangan patrul avtomobillari harakatlanishni boshladi, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, bu kabi patrul avtomobillari tezlik sabab yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, tezyurar haydovchilarni tartibga chaqirish maqsadida joriy etilgan.
Multiradar qurilmalari bilan jihozlangan avtomobillar ushbu viloyat hududi bo‘ylab transport vositalari tezligini qayd etib boradi va qoidabuzarlarga nisbatan onlayn tarzda jarima belgilanadi.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning fevralida Farg‘onada ham maxsus radarlar bilan jihozlangan patrul avtomobillari harakatlanishni boshlagandi. O‘shanda viloyatga multiradar qurilmasi bilan jihozlangan 5 ta Nexia-3 avtomobili topshirilgan edi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur turdagi ko‘chma radarlar tomonidan 2019 yil oxiriga qadar 150 192 ta qoidabuzarlik holati qayd etilgan. Shu asosda 59 milliard 61 million so‘m jarima belgilangan. Belgilangan jarimalarning 41 milliard 60 million so‘mi undirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi