23:44 / 03.09.2021
6 015

Qashqadaryoda 28 yoshli erkak 12 yoshli qizni yarim tunda o‘g‘irlab ketib, zo‘rlamoqchi bo‘ldi (video)

Qashqadaryoda 28 yoshli erkak 12 yoshli qizni yarim tunda o‘g‘irlab ketib, zo‘rlamoqchi bo‘ldi (video)
Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani «Qovchin» mahallasi Mang‘it qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqaro Sh.K. 28 avgustdan 29 avgustga o‘tar kechasi qishloqda istiqomat qiluvchi 2009 yilda tug‘ilgan qizni o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda «Nasafnews» xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 1993 yilda tug‘ilgan erkak Sh.K. qizning o‘z hovlisi supasida uxlab yotgan vaqtda ko‘rpaga o‘rab, paxta dalasiga o‘g‘irlab qochgan.

Voqea haqida qizning onasi shunday deydi:
«Qizimning aytishi bo‘yicha, u erkak qizimni og‘zini yopib, ko‘rpaga o‘rab ko‘tarib ketgan. Qizim qo‘rqib uyg‘onib, ‘kimsan, nima uchun meni og‘zimni yopyapsan’ deganda, ‘agar baqirsang, hozir pichoqlab o‘ldirib tashlayman’ deb qo‘rqitgan. Yo‘lda qizim tipirchilab, qochmoqchi bo‘lgan. Shunda qizimga tarsaki tushirib, sudray boshlagan. Keyin esa ‘yechinasan’ deb qizimning boshiga ham urgan», – deydi qizning onasi S.E.

12 yoshli qiz onasining so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘irlik qilgan erkak Sh.K. shu kuni juda ko‘p miqdorda spirtli ichimlik iste’mol qilgan bo‘lgan. Qizaloq paxta dalasidan qochib, uyiga qaytib kelib, onasini uyg‘otgan va bo‘lgan voqeani onasiga aytib bergan.

«Ertasi kuni qizimni shifokorlarga ko‘rsatdim. Ekspertiza natijalariga ko‘ra, qizim sog‘lom ekan. Faqat miya chayqalishi va boshi hamda qulog‘idan lat yegani va shikastlangani ma’lum bo‘ldi.

Allohimga ming shukur, qizim o‘sha nomardning qo‘lidan qochib qutuldi. Lekin hozirgi ahvoli yaxshi emas. Ikki kundan beri ovqatlangani yo‘q. Non bersak yemaydi, ‘ko‘nglim ayniydi’ deb aytyapti. Uxla desam, faqat yotadi. Uxlay olmaydi», – deya gapiradi qizning onasi.

«Hamma menga qizingni nomusini o‘ylamadingmi, deb aytdi»
«Hamma menga gapiryapti, ‘qizingizni kelajagini o‘ylang’ deyapti. Men nega yashirib o‘tirishim kerak ekan? Mening erim hali ham har kuni yonimda. Hech qayerga ketgani yo‘q. Ammo boshqalarning turmush o‘rtog‘i Rossiyaga ishlagani ketgan. Toshkentga ketganlari bor. Oylikka ishlaydi, 15 kunda bir keladigani bor. Ertaga u nomard mendan o‘tib boshqalarning bolalariga ko‘z olaytirmaydimi? Men qanday qilib bu jinoyatni yopib o‘tib ketishim kerak? Men bu holatni oshkor qilishim kerak. O‘zbekistonda shunday odam bor. Bilib qo‘yishsin. Men buni yopolmayman. Jazosini olishi kerak u erkak», – deydi qizning onasi S.E.

Nashr muxbiri holat yuzasidan Qashqadaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati rahbari Iroda Rasulova bilan suhbatlashdi.

Ma’lum bo‘lishicha, S.E.ning 2021 yil 29 avgust kuni tuman IIB boshlig‘i nomiga yozgan arizasi tuman IIB navbatchilik qismida belgilangan tartibda ro‘yxatga olinib, Qamashi tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan.

«Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida fuqaro Sh.K.ning harakatlarida Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismida (bezorilik) va boshqa moddalarida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari aniqlanganligi sababli, mazkur holat yuzasida Qamashi tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan yuqoridagi moddalar bilan fuqaro Sh.K.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishida gumon qilinuvchi Sh.K Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan. Hozirda ushbu jinoyat ishi yuzasidan Qamashi tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda», – deydi Iroda Rasulova.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda 28 yoshli erkak 12 yoshli qizni yarim tunda o‘g‘irlab ketib, zo‘rlamoqchi bo‘ldi (video)