
Namangan shahrida Telegram’dagi sir saqlanishi lozim bo‘lgan so‘zlashuvni internetda tarqatish bilan qo‘rqitib, 17 yoshli qizdan pul talab qilgan 20 yoshli yigit ushlandi, deya xabar qilmoqda viloyat IIB axborot xizmati.
Qayd etilishicha, 2021 yil 30 avgust kuni Namangan shahrida yashovchi, 2004 yilda tug‘ilgan qiz ariza bilan murojaat qilib, tanishi, Namangan shahrida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan bola u bilan tanishib, Telegram’da sir saqlanishi lozim bo‘lgan so‘zlashuvlar va videoyozuvlarni tarqatib yuborishini aytib, uni qo‘rqitib, undan 150 000 so‘m va 200 AQSH dollarini talab qilayotganini ma’lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur ariza yuzasidan Yangi Namangan tumani IIB JQB tezkor vakillari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Namangan shahrida joylashgan «Adiblar maydoni» oldida bola arizachidan 200 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 1 sentabr kuni Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ushbu modda bilan aybdor deb topilgan shaxslar uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Namangan ShahriTelegram So‘zlashuvlariTovlamachilik JinoyatiYoshli QizDollarYigit Ushlandi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar