2 982
Buxorolik qiz ishqiy munosabatda bo‘lib kelgan tanishini qo‘rqitib, undan pul talab qildi

Buxoroda tanishi bilan bo‘lgan ishqiy munosabatini oshkor qilishini aytib, tanishidan pul undirayotgan qiz qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati rahbari Shuhrat Jalolov xabar berdi.
Bildirilishicha, Romitan tumanida yashovchi 30 yoshli turmushga chiqmagan qiz R.Sh. 38 yoshli jondorlik fuqaro I.K.bilan ishqiy munosabatda bo‘lib kelgan. Ayol jazmaniga u bilan bo‘lgan ishqiy munosabatlarini uning oila a’zolariga oshkor qilishini aytib qo‘rqitgan va undan pul talab qilgan.
R.Sh.ning ushbu xatti-harakatlari tufayli I.K. holat bo‘yicha Jondor tumani ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilishga majbur bo‘lgan. R.Sh. esa tanishidan pul undirish maqsadida o‘rtasidagi ishqiy munosabatni oshkor qilish bilan uni qo‘rqitishda davom etgan.
2021 yilning 2 sentabr kuni R.Sh. Jondor tumanining «Qozikent» mahallasida joylashgan «Ziyo» kafesida I.K.dan 330 ming so‘m pulni olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan qizga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar