
Aybdor shaxsga nisbatan qonunning jazo choralarini qo‘llash orqali ta’siri uning axloqan tuzalishi va yangi jinoyat sodir etishining oldini olish uchun zarur hisoblanadi.
Avvalroq, I.Kashin ikki oydan ortiq muddat davomida 7,4 mln. so‘m aliment pullarini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelganligi uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudining 19.02.2021 yildagi qarori bilan 15 (o‘n besh) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlanganligi to‘g‘risida xabar berilgan edi.
Qarzdor I.Kashin ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanganidan keyin, o‘ziga ijobiy xulosa chiqarmasdan, yana voyaga yetmagan farzandi uchun ikki oydan ortiq muddatda 2021 yil 10 may kuniga qadar 9,4 mln. so‘m aliment pullarini to‘lashdan bo‘yin tovlab keldi.
Byuroning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan I.Kashinga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 122-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv natijasiga ko‘ra jinoyat ishi sudga yuborildi. Sudlanuvchi I.Kashin o‘ziga nisbatan jiddiyroq jazo qo‘llanilishi mumkinligini tushunib yetdi va 9,4 mln. so‘m aliment pulini biryo‘la to‘lab berdi.
Sudning ajrimiga ko‘ra, I.Kashinga oid jinoyat ishi tomonlarning yarashuvi bilan harakatdan tugatilib, jinoiy javobgarlikdan ozod qilindi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar