
O‘zbekistonda davlatning soliq siyosati va budjetini shakllantirish, davlatning moliyaviy imkoniyatlari orqali fukarolarning turmush tarzini yanada yaxshilash va iqtisodiy ishlab chiqarishni rag‘batlantirish hamda rivojlantirish, shu orqali fuqarolarning to‘lov imkoniyatlarini e’tiborga olgan holda faoliyat ko‘rsatishlari va yashashlari uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlashga katta e’tibor qaratib kelmoqda.
Majburiy ijro byurosi Navoiy viloyati boshqarmasi va quyi bo‘limlari tomonidan bu borada jismoniy va yuridik shaxslarning budjet oldidagi soliq qarzdorligini undirishda mahalliy hokimliklar va soliq organlari hamkorligida undiruvlar bo‘yicha samarali ishlar tashkil etilgan.
Misol uchun o‘tgan oyning o‘zida yirik qarzdorliklar bo‘yicha “ELEKTROKIMYOZAVOD” AJdan 3,7 mlrd. so‘m, “NEMO-KAFOLAT” XKdan 385 mln. so‘m, “ADIZOBOD QURILISH SERVIS” MCHJdan 100,3 mln. so‘m, “FEZ NAVOI INVEST” MCHJdan 129,7 mln. so‘m, “YANGIKAZGAN-NURLI-DIYOR” MCHJdan 33,9 mln. so‘mlik qardorliklar undirilgan bo‘lsa, ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida jami 8 mlrd. 128 mln. so‘m, shundan jismoniy shaxslardan 168 mln. so‘m, yuridik shaxslardan 7,9 mlrd. so‘m undirilib, 179 ta ijro hujjatlarning ijrosi amalda to‘liq ta’minlandi.
Bunday nazorat tadbirlari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar