3 787
Xorazmda 4 nafar erkak bir qizga tashlangani aytilgan video yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi
Foto: Videodan kadr
7 sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda «Xorazmning Bog‘ot tumanida to‘rt nafar erkak bir qizga tashlandi» nomli sarlavha ostida videolavha tarqaldi. Ushbu videolavha Xorazm viloyati IIB mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganildi va holatga aniqlik kiritildi.
Ma’lum bo‘lishicha, videolavhada aks etgan jarayon 29 avgust kuni Bog‘ot tumani IIB ma’muriy binosida oldida qayd etilgan holat bo‘lib, bunda ishtirokchilar bir-birlarini o‘zaro haqoratlagan, lekin bir-biriga nisbatan jismoniy kuch ishlatmagan.
Videolavhada jabrlanuvchi sifatida tanishtirilgan, Bog‘ot tumanida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan G.S. ismli ayol shu tumanda yashovchi, A.O va A.N. va D.M. ismli erkaklarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘rab, Bog‘ot tumani IIBga ariza bilan murojaat qilgan, o‘z navbatida ushbu erkaklar ham arizachi G.S.ning xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib, Bog‘ot tumani IIBga ariza bilan murojaat qilgan.
Xabarda alohida qayd etilishicha, G.S.ni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish maqsadida himoya orderi rasmiylashtirilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?