Sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan muntazam ravishda kurash olib borilmoqda.
Xususan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari DXX xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi qonunbuzilish holatini fosh etishdi.
Yangiqo‘rg‘on tumanining chegara oldi hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro M.B. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.
Ko‘zdan kechirish natijasida avtotransport vositasi yukxonasida, tegishli hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 80 million so‘mlik xorijda ishlab chiqarilgan 22 237 dona tibbiyot dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida vaqtincha saqlovga olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi
ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi
Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi
Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video)
APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi
Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi