
Vazirlar Mahkamasi 9 sentabr kuni «Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni qabul qildi.
Qarorda talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurish va bunga davlat budjetidan subsidiya ajratish bo‘yicha bir qator yangiliklar belgilandi.
Huquqshunos Xushnud Xudoyberdiyevning yozishicha, bundan tashqari, jismoniy shaxslarning uy-joylarini talabalarga ijaraga berish faoliyati bo‘yicha olgan daromadlarini soliqdan ozod etish yuzasidan Soliq kodeksiga o‘zgartirish kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
Ijara shartnomalarini soddalashtirilgan raqamli imzosiz hisobga qo‘yishni ta’minlaydigan elektron tizim ishga tushiriladi.
Shuningdek, talabalar uchun turar joy qidirishga ixtisoslashgan elektron platforma ishlab chiqiladi, talabalar turar joyi va xususiy xonadonlardan ijaraga turar joy qidirishning ishonchli tizimi yo‘lga qo‘yiladi hamda doimiy ravishda yangilab boriladi.
Respublika bo‘yicha 85 ta OTMga talabalar turar joyi qurish uchun qo‘shimcha yer ajratiladi, jami 228 ta talabalar turar joylari (jami 91 ming 200 o‘rinli) barpo etiladi. Shundan hududlarda 2022 yili 47 ta, 2023 yili 67 ta, 2024 yili 62 ta, 2025 yili 52 ta talabalar turar joylari quriladi.
Oliy Ta'limTalabalar Turar JoyiDavlat-Xususiy SheriklikSoliq KodeksiElektron TizimIjaraga Berish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar