09:01 / 14.09.2021
1 986

Toshkentdagi ikkilamchi uy-joy bozoridagi o‘rtacha narxlar sharhi e’lon qilindi

Toshkentdagi ikkilamchi uy-joy bozoridagi o‘rtacha narxlar sharhi e’lon qilindi
«Etaji» ko‘chmas mulk agentligi tomonidan maxsus tayyorlangan tahlillarga tayanib, avgust oyi yakuniga ko‘ra Spot nashri Toshkentdagi ikkilamchi turar joy bozoridagi o‘rtacha narxlar sharhini e’lon qildi.

Qayd etilishicha, Toshkentda avgust oyida ikkilamchi uy-joy bozorida o‘rtacha narx har kvadrat metrga 7,5 million so‘mni, birlamchi bozorda taklif qilinayotgan narxlar esa har kvadrat metrga 8,4 million so‘mni tashkil etgan.

Tumanlar kesimida o‘rtacha narxlar quyidagi ko‘rinishga ega:

Yakkasaroy — 8,7 million so‘m;
Mirobod — 8,7 million so‘m;
Shayxontohur — 8,3 million so‘m;
Mirzo Ulug‘bek — 8,1 million so‘m;
Yunusobod — 8,0 million so‘m;
Chilonzor — 7,8 million so‘m;
Uchtepa — 7,0 million so‘m;
Olmazor — 6,5 million so‘m;
Yashnobod — 6,5 million so‘m;
Sergeli — 5,0 million so‘m;
Yangihayot — 4,8 million so‘m;
Bektemir — 4,5 million so‘m.

Ma’lum qilinishicha, Mirobod, Mirzo Ulug‘bek va Yunusobod tumanlarida kvadrat metr narxi shahar markazidan qancha uzoqlikda joylashishiga ko‘ra keskin farq qiladi. Shahar markazidagi turar joylarning bir kvadrat metr narxi 15 million so‘mgacha yetishi mumkin.

Avgustda ikkilamchi bozorda eng yuqori ulush ikki xonali va uch xonali kvartiralar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Avgust oxiriga kelib har ikkala taraf — talab ham, taklif ham birdek faollashgan. Agentlik buni poytaxtda epidemiologik vaziyatning yaxshilanishi, mavsumiy ta’tillar tugashi va harorat pasayishi bilan izohlagani aytilgan.

«Etaji» taxminiga ko‘ra, sentabr va oktabr oylarida ham shunday faollik saqlanib qoladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi ikkilamchi uy-joy bozoridagi o‘rtacha narxlar sharhi e’lon qilindi