15:40 / 15.09.2021
3 971

DXX tanlov e’lon qildi

DXX tanlov e’lon qildi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyiga o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilish uchun tanlov e’lon qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinig 2019 yil 28 iyundagi «O‘smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘grisida»gi PQ-4375-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyga o‘qishga kirish istagini bildirgan joriy yilda umuta’lim maktablarining 9-sinfida o‘qiyotgan o‘quvchilar 2021 yil 5 sentabr kunidan 5 oktabr kunigacha Davlat xavfsizlik xizmatining viloyat (shahar) va tuman bo‘limlariga ariza bilan murojat qilishlari mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyida o‘qish istagini bildirgan o‘quvchilar uchun Xizmatning xududiy bo‘limlarida harbiy-kasbiy tanlash tadbirlari o‘tkaziladi. Ushbu sinovlardan muvafaqqiyatli o‘tgan o‘quvchilar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilgan test sinovlarida ishtirok etishadi.

Test sinovlari tarix hamda chet tili (ingliz) fanlaridan o‘tkaziladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DXX tanlov e’lon qildi