Argentinalik millionerga o‘rnak bo‘lgan qoraqalpoq o‘qituvchisi

Jamiyat1 daqiqa o'qish2.5K
Argentinalik millionerga o‘rnak bo‘lgan qoraqalpoq o‘qituvchisi
Qoraqalpog‘istonlik o‘qituvchi Allaniyaz O‘teniyazov (1936-2006) bir umr xayriya ishlarini amalga oshirib o‘tdi. U hayotlik chog‘ida halol peshona teri bilan to‘plagan shaxsiy mablag‘i hisobidan ehtiyojmand odamlarga 42 ta uy-joy, 4 ta maktab, 4 ta bog‘cha va 4 ta tibbiyot punktini qurib bergan.

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev qoraqalpog‘istonlik saylovchilar bilan uchrashuv vaqtida Allaniyaz O‘teniyazovning xayot yo‘liga katta urg‘u berdi.

«Xorijiy mamlakatlardagi ko‘plab insonlar ham bunday ulkan sahovat va bag‘rikenglikka qoyil qolib, Allaniyaz O‘teniyazovga xatlar yozishgan.
Masalan, argentinalik millioner X.Sapun Allaniyaz og‘aga yo‘llagan maktubida uning ezgu ishlaridan saboq olib, o‘zi ham bundan buyon oddiy insonlarga ko‘mak berishga qaror qilganini qayd etadi.

Hech shubhasiz, Allaniyaz O‘teniyazov o‘z eliga sadoqati va saxovati bilan qoraqalpoq xalqiga xos eng yaxshi qadriyatlarni butun dunyoga namoyon etdi
», — dedi Mirziyoyev.

Amaldagi prezident Nukus shahrining ko‘rkam mavzelaridan biriga Allaniyaz O‘teniyazov nomini berishni taklif qildi.
«Bu – barchamiz, ayniqsa, yoshlarimiz uchun katta tarbiyaviy ahamiyatga ega ish bo‘lar edi», — dedi davlat raxbari.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?