Rossiya tezkor shtabi O‘zbekiston shaharlariga muntazam parvozlar sonini ko‘paytirishga ruxsat berdi. 5 oktabrdan boshlab Moskva – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlar soni haftasiga to‘rttagacha ko‘paytirilmoqda. Hozirda “Aeroflot” bu yo‘nalish bo‘yicha haftasiga ikkita reyslarni amalga oshirmoqda.
Rossiyaning koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish tezkor shtabining ma’lum qilishicha, bunday qaror O‘zbekistondagi epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda qabul qilingan.
Bundan tashqari, quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha yangi reyslar yo‘lga qo‘yilmoqda:
Haftasiga ikki marta
Moskva — Buxoro;
Moskva — Samarqand.
Haftasiga bir marta
Moskva — Urganch;
Moskva — Namangan;
Moskva — Farg‘ona;
Moskva — Andijon;
Moskva — Termiz.
Shuningdek, Rossiya Qirg‘iziston va Tojikiston shaharlariga muntazam parvozlar sonini oshirishga qaror qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi