
Rossiya federal xavfsizlik xizmati "Sheremetevo" aeroportida "Tong jahoni" migrantlarga yordam notijorat tashkiloti rahbari Valentina Chupikni qo‘lga oldi.
FSB xodimlari ushbu huquq himoyachisini Rossiyada qochoq maqomidan mahrum qilinganidan xabardor qilishdi va 2051 yilgacha mamlakatga kirishni taqiqlashdi. Endi uni O‘zbekistonga deport qilishadi.

"Sheremetevo" aeroportining maxsus qabulxonasida, F terminalida o‘tiribman, hujjatlarimni tortib, meni shu yerga olib kelishdi", deya videomurojaat qilishga ulgurgan Chupik.
Valentina Chupik 2005 yildagi Andijon voqealaridan keyin Rossiyaga ko‘chib o‘tgandi. U ko‘p yillar davomida Moskvada yashab, muhojirlarga bepul yuridik yordamlar berib kelgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar