5 092
Qashqadaryoda o‘qituvchi ota 2 yoshli o‘g‘lini bo‘g‘ib, ko‘zlarini o‘yib olishga uringan (video)
Foto: Skrinshot
Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani Terakli qishlog‘ida istiqomat qiluvchi 1980 yilda tug‘ilgan fuqaro D.Sh. o‘zining 2019 yilda tug‘ilgan o‘g‘li Humoyun Eshqobilovning joniga qasd qilishga uringani aytilmoqda. Bu haqda «Nasafnews» muxbiriga bolaning onasi va yaqinlari xabar berdi.
Voqeaning dastlabki tafsilotlarini o‘rgangan sayt muxbirining aytishicha, hozirda bolakay Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qarshi filialidagi bo‘limda koma holatida. Unga shifokorlar imkon boricha yordam qilishmoqda. Ammo bolaning ahvoli juda og‘ir.
«2 nafar farzandim bor. Turmush o‘rtog‘im 2 ta maktabda dars beradi. Voqea sodir bo‘lgan kuni soat 4 yoki 5 atrofida ishdan qaytdi. Ikki bolamning birovi beshikda edi. Birovi yerda edi. Men erim qarab turadi deb o‘ylab, tashqariga chiqdim va mollarga qaradim. 20 daqiqa ichida bolamni otasi urib, ko‘zini ko‘r qilib, maz surtgan. Ikki ko‘zini rosa ko‘rmaydigan darajaga olib kelgan. Bo‘g‘ib, boshiga qattiq urgan. Oldida turgan tikuv mashinasiga urgan, bola otilib ketgan. Keyin ko‘rpacha o‘rab, hushidan ketkazib, to‘g‘ri qilib yotqizib qo‘yibdi. Kirsam, bolam ko‘karib, yaxlab qolgan ekan. Ikki soat bolamni hamma joyini uqaladim. O‘zim ham qo‘rqib qolib, hech kimga chiqib dardimni ayta olmadim», – deya yig‘lab gapiradi bolakayning onasi Sojida Jovliyeva.
2019 yilda tug‘ilgan bolaning onasi so‘zlariga ko‘ra, u bolakayni shifoxonaga olib borish uchun turmush o‘rtog‘ining uydan uzoqroqqa chiqib ketishini poylab o‘tirgan.
«Shu kuni tong otishini Xudodan so‘rab o‘tkazdim. Ertalab erim ishga ketgandan keyin qaynopamdan iltimos qilib telefon so‘radim. Ukamga telefon qilib, uni chaqirdim. Ukam kelib meni va bolamni shifoxonaga olib ketdi. Shundan keyin mahalla raisidan so‘rab, Qarshidagi tez yordamga bordik. Shifokorlar ham bolaning ahvoli og‘irligini ko‘rib, «har narsaga tayyor bo‘lib turinglar», deb aytdi», – deydi bolakayning onasi Sojida Jovliyeva.
«Nasafnews» muxbiri 2 yoshli bola davolanayotgan bo‘limga bordi. Bo‘limda u o‘ta og‘ir ahvolda edi. Qolaversa, bo‘yin sohalari ko‘kargan, og‘iz qismi va ko‘zlariga og‘ir tan jarohatlari yetkazilgani, bola hushsiz, koma holatida ekaniga guvoh bo‘ldi.
«Shifoxonaga 23 sentabr kuni olib kelindi. Onasining so‘ziga qaraganda, ikki kun oldin o‘z otasi bolani uyida bo‘g‘ib, joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan. Olib kelinganda bola hushsiz, koma holatida, hech qanday harakat yo‘q edi. Boshlarida shish, yuzlari ko‘karib, bo‘ynining tagida ko‘karishlar borligini ko‘rdik.
Shu kungacha hamma kerakli tibbiy xizmatni ko‘rsatdik», – deydi bolakayga tibbiy muolaja ko‘rsatgan shifokor Barat Bobodo‘stov.
Shifokorning aytishicha, bolaga yopiq qo‘shma jarohat, yopiq kalla miya shikastlanishi, bosh miya lat yeyishi, qon quyilishi, miya shishishi va miya komasi, o‘tkir nafas yetishmovchiligining ikkinchi darajasi bilan tashxis qo‘yilgan. Hozir ham ahvoli og‘ir.
Bolaning tog‘asi holat yuzasidan Ichki ishlar xodimlariga murojaat qilganini, ammo ular shikoyatni tinglamayotganini aytdi.
«Opam bizning Boyqo‘rg‘on mahallasidan Terakli mahallasiga turmushga chiqqan. 2 nafar bolasi bor. 1 va 2 yoshli. Katta o‘g‘li Humoyonni otasi urib, og‘ir tan jarohati yetkazdi. Shifokorlar «operatsiya qilsak, omon qolmasligi mumkin», deb aytmoqda. Voqeadan avval opamni 3 kun qiynab, uyida olib o‘tirgan. «Agar ichki ishlarga yoki uydagilarga xabar bersang, ikkinchi bolangdan ham ayrilasan», deb aytgan. Ichki ishlar boshqarmasi xodimlariga chiqdik. Ular bir marta kelib, keyin voqea bilan umuman qiziqmay qo‘yishdi», – deydi ayolning ukasi Jahongir Jovliyev.
«Nasafnews» muxbiri voqea yuzasidan videoreportaj ham tayyorladi. Videoda holat bo‘yicha ayol, uning ukasi va otasi holat haqida ko‘proq ma’lumot beradi.
Hozircha huquqni muhofoza qiluvchi organlar holat yuzasidan hech qanday ma’lumot bermadi.
Biz holat yuzasidan aybdorga qonuniy chora ko‘rilishi, bu masalaga keng jamoatchilik befarq qarmasligini tarafdorimiz. Chunki Qashqadaryoda ayollar va bolalarga bo‘layotgan tazyiqlar kundan-kunga ko‘payib bormoqda, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi