1 976
DXX xodimlari qator viloyatlarda opiy va gashish savdosi bilan shug‘ullanuvchi narkokurerlarni qo‘lga oldi
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan O‘zbekistonning qator viloyatlarida giyohvand moddalar savdosiga bog‘liq qator jinoyatlarga chek qo‘ydi. Bu haqda idora matbuot xizmatiga tayanib, O‘zA xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Surxondaryo viloyatining Uzun tumani va Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida istiqomat qiluvchi 3 nafar shaxs 6 kilogramm-u 80 gramm gashish moddasini 30 ming dollarga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Shuningdek, DXXning Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat IIB hamda bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent—Samarqand yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan KIA-Bongo rusumli avtomashina «Yuqori nuqta» YPX maskanida to‘xtatilgan. Avtomobil ko‘zdan kechirilganda, unda ketayotgan Samarqand shahrida yashovchi ikki nafar shaxsga tegishli 5 kilogramm 953 gramm opiy giyohvand moddasi borligi aniqlangan hamda protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
DXXning Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari va Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari hamda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi vakillari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Jizzax—Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Nexia-3 rusumli avtomashina Toshkent shahriga kiruvchi «Erkin» YPX maskanida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilgan. Natijada, avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan Baxmal tumanida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan shaxs yonida 2 kilogramm 818 gramm opiy giyohvand moddasi borligi aniqlangan.
Bundan tashqari, DXXning Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, poytaxtning Yakkasaroy tumanida yashovchi, 45 yoshli shaxs boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashinada 80 gramm gashish giyohvand moddasi borligi aniqlangan. Surishtiruv harakatlari davomida u mazkur moddani 1975 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan tanishidan sotib olgani ma’lum bo‘lgan va tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu shaxs ham qo‘lga olingan. Uning Captiva rusumli avtomashinasidan 5 kilogramm 219 gramm gashish moddasi topilgan.
Yana bir holatda qariyb 2 kilogramm gashish moddasini sotish maqsadida Qo‘qon shahriga olib ketayotgan Toshkent viloyatining Bekobod shahrida yashovchi, 35 yoshli fuqaro DXXning Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
O‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida musodara qilingan jami 17 kilogramm 855 gramm opiy va 13 kilogramm 379 gramm gashish giyohvand moddalarining aksariyati Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tilgan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari doirasida ularning jinoiy aloqalarini aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi