23:52 / 29.09.2021
1 948

Yuklar orasiga yashirilgan 1,2 mlrd. so‘mdan ortiq tovarlar fosh etildi

Yuklar orasiga yashirilgan 1,2 mlrd. so‘mdan ortiq tovarlar fosh etildi
Bojxona to‘lovlaridan qochish maqsadida tovarlarni yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan holda respublikamiz hududiga turli noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilishini oldini olish bo‘yicha bojxona organlari tomonidan bir qator tizimli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Chuqursoy texnik idora” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari Kontrabandaga karshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi va “Chuqursoy” bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda yuk konteynerida xorijiy mamlakatdan yurtimizga olib kelingan, hujjatlarda “trikotaj mato” deya ko‘rsatilgan tovarlarni tegishli tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazishdi.

Buni qarangki, yuklar orasida hujjatlarda ko‘rsatilmagan 1 mlrd. 231,7 mln. so‘mlik 11 900 dona ayollar shimlari hamda 2780 dona yarim tayyor mahsulotlar borligi aniqlandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga asosan mazkur tovarlarga 459 mln. so‘m miqdorida qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yuklar orasiga yashirilgan 1,2 mlrd. so‘mdan ortiq tovarlar fosh etildi