
Bojxona organlari tomonidan yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Chuqursoy” bojxona postiga xorijdan keltirilgan 196 400 dona “vazelin” tovarlari “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirish uchun elektron taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyasi va yuk kuzatuv hujjatlari asosida bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Natijada, bojxona yuk deklaratsiyasi hamda yuk kuzatuv hujjatlarida qiymati 1 mlrd. 17 mln. so‘mlik vazelin tovarlarining tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi kodi noto‘g‘ri tasniflanganligi aniqlandi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur tovarlarga 1 mlrd. 33 mln.so‘m miqdorida qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar