07:00 / 30.09.2021
2 008

245 mln. so‘mlik uyali telefon ekranlarini yashirincha olib kirish rejasi fosh bo‘ldi

245 mln. so‘mlik uyali telefon ekranlarini yashirincha olib kirish rejasi fosh bo‘ldi
Bojxona organlari tomonidan tovarlarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish ishlari tizimli ravishda amalga oshirilib kelinmoqda.

Xususan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi “Madaniyat” chegara bojxona posti xodimlari hamda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida, qo‘shni mamlakatdan O‘zbekistonga piyoda kirib kelgan fuqaro K.S. “Madaniyat” chegara bojxona postining nazorat hududini ajratib turuvchi devor to‘siqlari ustidan 3 dona qutini noqonuniy olib o‘tmoqchi bo‘lgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

O‘tkazilgan tadbir natijasida, qutilarda umumiy qiymati 245 100 000 so‘mlik 14 turdagi jami 519 dona uyali aloqa vositalari ekranlari borligi aniqlandi. Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 245 mln. so‘mlik uyali telefon ekranlarini yashirincha olib kirish rejasi fosh bo‘ldi