
Toshkentga tashrifini amalga oshirayotgan Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov OAV vakillari bilan bo‘lib o‘tgan brifing chog‘ida Shavkat Mirziyoyev bilan azaldan do‘stligi haqida gapirdi.
– Do‘stona qabul uchun qadrdon O‘zbekiston xalqiga yana bir marta minnatdorlik bildiraman. Men Shavkat Miromonovichni 2007 yildan buyon bilaman, ya’ni biz 14 yildan beri tanishmiz. U vaqtda hamkasbim boshqa vazifada ishlaganiga qaramay birgalikda ko‘p masalalarni muhokama qilganmiz.
Men Shavkat Mirziyoyevni mas’uliyatli rahbar, o‘z ishining ustasi va umuman inson sifatida hurmat qilaman. U bizga ko‘p amaliy yordam bergan. Bir misol keltirmoqchiman – Shavkat Miromonovich maslahatiga ko‘ra, paxta yetishtirishga yangicha yondashib, qishloq xo‘jaligida sezilarli o‘sishga erishdik, – dedi Gurbanguli Berdimuhamedov.
Shavkat Mirziyoyev bunga javoban shunday dedi: – Gurbanguli Malikguliyevich mening do‘stim, birodarim. Murakkab davr, vaqtining tig‘izligiga qaramay O‘zbekistonga tashrif buyurganidan xursandman. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar