Foto: Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati
O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida imzolangan ikki tomonlama harbiy hamkorlik rejasiga muvofiq, kelgusi yilda «Do‘stlik-2022» o‘zbek-hind harbiy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.
Xalqaro harbiy hamkorlik doirasidagi tadbir Xorazm viloyatidagi Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugga qarashli «Yangiariq» umumqo‘shin poligoni hududida bo‘lib o‘tishi belgilangan. Bu poligonda o‘tkaziladigan xalqaro miqyosdagi ilk harbiy mashg‘ulotlardir.
Mashg‘ulotlarga tayyorgarlik jarayoni doirasida mehmon davlat vakillarining O‘zbekistonga rejalashtirilgan tashrifiga bag‘ishlab videokonferensiya aloqa tizimi orqali onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda Toshkent shahridan O‘zbekiston Mudofaa vazirligi ofitserlari, Nukusdan Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi, Hindiston mudofaa vazirligi mas’ullari ishtirok etib, rejalashtirilgan tadbirlarni muhokama etishdi.
Foto: Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati
Uchrashuv davomida Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi tomonidan «Yangiariq» umumqo‘shin poligonining jangovar imkoniyatlari, yaratilgan qulay sharoitlar hamda amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun mavjud o‘quv-moddiy baza namoyish etildi.
Tadbir davomida Hindiston vakillari shu yilning dekabr oyida O‘zbekistonga tashrif bilan kelish istagini bildirishdi. Shuningdek, o‘quv-mashg‘ulotlarini o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan ayrim masalalar bo‘yicha kelishuvga erishildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi