23:58 / 07.10.2021
1 925

Rossiya O‘zbekistondan 10 ming quruvchini jalb qiladi

Rossiya O‘zbekistondan 10 ming quruvchini jalb qiladi
Foto: Natalya Mushinkina
Rossiya hukumati O‘zbekistondan 10 ming nafar quruvchi jalb qilish loyihasini tasdiqladi. Ishchilarning patent olish va emlanish xarajatlari qurilish kompaniyalari tomonidan qoplanadi.

Rossiya Federatsiyasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekistondan 10 ming quruvchini jalb qilish bo‘yicha loyihani tasdiqladi. Qarorda qurilish ishlariga jalb qilinadigan o‘zbekistonliklar koronavirusga qarshi emlangan bo‘lishi yoki Rossiyaga kelishi oldidan 5 oydan ko‘p bo‘lmagan vaqt ichida kasallikni boshdan kechirgani haqidagi hujjatni taqdim qilishi kerakligi belgilab qo‘yilgan.

Rossiyaning qurilish sohasida faoliyat yurituvchi yuridik shaxslarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston fuqarolarini jalb qilish bo‘yicha dastlabki loyiha amalga oshirilsin”, deb aytilgan qarorda.

Hujjatda Rossiyaga ishlagani keluvchi o‘zbekistonliklar O‘zbekistonda “Sputnik Layt” vaksinasi bilan emlanishi aytilgan. Bundan tashqari, Rossiyaga ishchilarni olib kelish, ularning emlanishi va ularga mehnat patentini rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlar ish beruvchi hisobidan qoplanishi, ishga keluvchilar Rossiyaga kirgandan keyin 14 kunlik karantindan o‘tmasliklari aytilgan.

Loyihada ishtirok etuvchi qurilish kompaniyalari turli yo‘nalishlar bo‘yicha malakali ishchilarga ehtiyoj sezayotganlarini aytishgan. Ishchilar aynan shu aniq yo‘nalishlar bo‘yicha tanlov asosida yollanadi.

Rossiya qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Nikita Stasishinning ta’kidlashicha, qarorning qabul qilinishi mehnat migrantlarini jalb qilish bo‘yicha aniq qadamlarni amalga oshirishga imkon beradi.

Loyiha ishtirokchilari sifatida Rossiya mehnat, ichki ishlar, tashqi ishlar, qurilish, sog‘liqni saqlash, ta’lim va fan hamda favqulodda vaziyatlar vazirliklari belgilangan.

Ayni vaqtda Rossiyada koronavirus pandemiyasi sababli chegaralar yopilgani va xorijiy ishchilarni yollash imkonsizligi sababli ishchi kuchi taqchilligi kuzatilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rossiya O‘zbekistondan 10 ming quruvchini jalb qiladi