Toshkent shahar hokimi markazlashgan issiqlik ta’minotidan foydalanuvchi iste’molchilarni issiqlik bilan ta’minlashni boshlash haqida qaror chiqardi.
Poytaxt hokimligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 12 oktabrdan ijtimoiy soha ob’ektlarini isitish boshlanadi. 14 oktabrdan esa ko‘p qavatli turar joy binolari muntazam isitishga o‘tkaziladi.
Toshkentda 2020 yilgi isitish mavsumi 15 oktabrdan boshlanib aprel oyi boshlarigacha davom etgandi (2019 yilda 25 oktabrda boshlanib 25 martgacha davom etgan).
Ma’lumot uchun, «Ko‘p kvartirali uylarda issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatish qoidalari»ga muvofiq, xonadonlarni isitish ehtiyojlari uchun issiqlik energiyasini berish davri Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan muddatlarda boshlanadi va tamomlanadi.
2020—2021 yillar isitish mavsumidan boshlab markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun iste’molchilar bilan hisob-kitoblar isitish davrining har bir kuniga 1 kvadrat metr isitiladigan maydon hisobida to‘lash tizimiga o‘tkazildi. Bugungi kunda u 1 kvadrat metr isitiladigan joy uchun 142 so‘mni tashkil qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin