20:30 / 08.10.2021
1 238

Bo‘stonliqda bank foydasiga 600 mln. so‘mga yaqin mablag‘lar undirib berildi

Bo‘stonliqda bank foydasiga 600 mln. so‘mga yaqin mablag‘lar undirib berildi
Majburiy ijro byurosi Bo‘stonliq tuman bo‘limi ish yurituvida Ohangaron tumanlararo iqtisodiy sudining 03.04.2020 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor “GREEN VALLYE GARDEN” MCHJdan undiruvchi “Qishloqqurilishbank” ATB foydasiga jami 501.936.563 so‘m kredit qarz va 17 840 so‘m pochta harajati undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga 14.06.2021 yil kuni keli tushgan va shu kuning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuning 23-moddasiga asosan qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinib taraflarga yuborilgan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor “GREEN VALLYE GARDEN” MCHJning xisob raqamiga inkasso topshiriqnomasi qo‘yilgan va band solingan.

Bundan tashqari, “GREEN VALLYE GARDEN” MCHJning mol-mulkini aniqlash maqsadida, tegishli organlar so‘rovnomalar yuborilgan.

Shuningdek, qarzdor “GREEN VALLYE GARDEN” MCHJning xisob raqamidan 501 936 563,62 so‘m kredit qarz pullari undirilib, undiruvchi “Qishloqqurilishbank” ATB foydasiga o‘tkazib berilishi ta’minlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bo‘stonliqda bank foydasiga 600 mln. so‘mga yaqin mablag‘lar undirib berildi