13:36 / 09.10.2021
1 342

Namanganda tadbirkorlarni «shantaj» qilib, ulardan pul olib kelgan ayol ushlandi

Namanganda tadbirkorlarni «shantaj» qilib, ulardan pul olib kelgan ayol ushlandi
Namangan viloyatida bir necha tadbirkorlarni qo‘rqitib, «shantaj» yo‘li bilan ulardan pul undirib kelayotgan tovlamachi aniqlandi. Bu haqda «Bu kun» informatsion dasturi xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, Namangan tumanida yashovchi 55 yoshli ayol tumandagi xususiy korxonalardan birining rahbariga xotirjam holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun har oyda 200 AQSH dollaridan pul mablag‘i berib turishini, agarda bermasa, uning ustidan respublika huquq tartibot idoralariga shikoyat qilishini va uni javobgarlikka tortishini aytib qo‘rqitgan.

Ayol 2021 yilning iyul oyida un mahsuloti hisobida 3,6 million so‘m pul, avgust oyida esa 100 AQSH dollari va 200 ming so‘m pulni tovlamachilik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Bundan tashqari ushbu tumanda yashovchi yana bir fuqaro viloyat IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda yuqorida qayd etilgan ayolning noqonuniy harakatlari haqida bayon etgan.

Arizaga asosan viloyat IIB boshqarmasi JQB korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ayol tadbir ishtirokchisidan kimyoviy ishlov berilgan 4900 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida xolislar guvohligida qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi «a» bandi (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan tovlamachilik) bilan jinoiy ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Aniqlanishicha, ushbu ayol muqaddam Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan 3 marotaba sudlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda tadbirkorlarni «shantaj» qilib, ulardan pul olib kelgan ayol ushlandi