23:17 / 09.10.2021
2 050

Hududlarda 310 ta yangi avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi

Hududlarda 310 ta yangi avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi
“Hududlarda jamoat transporti faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2021-2022 yillarda qishloqni tuman markazi bilan, tuman markazini viloyat markazi bilan bog‘laydigan jami 310 ta yangi avtobus yo‘nalishlari (shundan shahar – 60 ta, shahar atrofi – 193 ta, shaharlararo (viloyat ichida) – 57 ta) tashkil etiladi.

Tijorat asosida yo‘lovchilar tashish xizmatini ko‘rsatadigan va bunga maxsus ruxsatnomasi (litsenziyasi) bo‘lgan yuridik shaxslar (tashuvchilar) tomonidan shahar atrofi yoki viloyat ichidagi shaharlararo avtobus yo‘nalishida ko‘riladigan zarar miqdori 30 foizgacha (30 foiz ham shu jumlaga kiradi) bo‘lgan yo‘nalish norentabel avtobus yo‘nalishi bo‘lib hisobga olinadi, Toshkent shahri bundan mustasno.

Tashuvchilarga norentabel yo‘nalishlar bo‘yicha tegishli hududiy komissiyalar tomonidan subsidiya ajratiladi.

Qarorga ko‘ra, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan:
  • tijorat banklarining Yangilash parametrlari doirasida avtobus va mikroavtobus xaridi uchun ajratiladigan kreditlar bo‘yicha kredit summasining 50 foizigacha (50 foiz ham shu jumlaga kiradi), biroq 8 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda kafillik beriladi;
  • tashuvchilarga ajratilgan kredit foiz stavkasining 5 foizdan ortiq bo‘lmagan qismi qoplab beriladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Hududlarda 310 ta yangi avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi