15:30 / 10.10.2021
1 918

Navoiyda Qizil kitobga kiritilgan mingdan ortiq yo‘rg‘a tuvaloqlar tabiatga qo‘yib yuborildi

Navoiyda Qizil kitobga kiritilgan mingdan ortiq yo‘rg‘a tuvaloqlar tabiatga qo‘yib yuborildi
Foto: Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Navoiy viloyatida Qizil kitobga kiritilgan 1070 ta yo‘rg‘a tuvaloq ochiq tabiatga qo‘yib yuborildi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yilning sentabr oyida Davlat Ekologiya qo‘mitasi, Navoiy viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining bioxilma-xillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar masalalari bo‘limi mutaxassislari hamda Amirliklarning Yo‘rg‘a tuvaloqni asrash markazi nodavlat notijorat tashkiloti hamkorligida Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq va Konimex tumanlarining cho‘l hududlariga jami 1070 nafar markazda yetishtirilgan yo‘rg‘a tuvaloqning yovvoyi tabiatga navbatdagi uchirilishi samarali amalga oshirildi.

Foto: Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
«Ular yovvoyi tabiatda yashash, o‘zlarining oziqalarini topish, yirtqichlarni tanib olish va ulardan o‘zlarini yashirish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi», — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Navoiy shahridan qariyb 50 kilometr uzoqlikdagi cho‘l hududida 300 gektar yer maydonni egallagan Amirliklarning yo‘rg‘a tuvaloqni asrash markazi (AYTAM) joylashgan. Markaz BAA vitse-prezidenti, Dubay amiri Shayx Muhammad ibn Roshid Al-Maktum tashabbusi bilan 2008 yil aprel oyida tashkil etilgan.

AYTAM faoliyatining asosiy maqsadi — O‘zbekistonda Osiyo yo‘rg‘a tuvalog‘ining barqaror populyatsiyasini qo‘llab-quvvatlash, ularni ko‘paytirish, asrash hamda har yili qushlarni yovvoyi tabiiy muhitga qo‘yib yuborish kabi tadbirlar majmuasidan iborat. Qushlarni yovvoyi tabiatga uchirish mavsumi, asosan, sentabr—oktabr oylari hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Navoiyda Qizil kitobga kiritilgan mingdan ortiq yo‘rg‘a tuvaloqlar tabiatga qo‘yib yuborildi