13:13 / 12.10.2021
1 771

Xurmo tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak?

Xurmo tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak?
Foto: «Domashniy ochag»
Xurmo xarid qilganda nimalarga e’tibor berish kerak, nima uchun sovitkichda saqlash kerag-u, kimlar undan tiyilishi kerakligi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

O‘zbek va Ozarbayjon xurmolarining pishish mavsumi sentabrdan boshlansa, Sochidagi navi noyabrda yetila boshlaydi. Issiqxonalarda yetishtirilgani sabab esa ushbu mevani yilning istalgan faslida xarid qilsa bo‘ladi.

Xurmo navlarining bir-biridan farqi nimada?
Xurmoning turli navlari mavjud bo‘lib, oddiysi to‘liq yetilmaguncha taxir tuyiladi, «korolyok»dan esa bunday ta’m kelmaydi. Bunday nav jigarrang urug‘li, ichi jigarrang bo‘ladi. Ushbu mevaning yana bir turi «sharon» — yapon xurmosi va olmaning chatishmasi hisoblanadi. Danagi yo‘q mazkur navning po‘sti yupqa va yaltiroq bo‘ladi. Qattiqligi olmani, ta’mi esa yetilmagan xurmoni esga soladi.

Nima uchun xurmo taxir bo‘ladi?
Tarkibida butkul yetilganida yo‘q bo‘lib ketadigan tanin miqdori yuqori ekani hisobiga shunday ta’mga ega.

Xurmoning taxir mazasini qanday ketkazish mumkin?
Xurmoni karton quti yoki banan solingan paketga solib bir sutkaga qoldiring. Banan tarkibidagi etilen yetilish jarayonini jadallashtiradi. Banan o‘rniga olma yoki pomidordan ham foydalansangiz bo‘ladi. Xurmoni bir yarim kunga muzlatkichga qo‘yib qo‘ying. Eriganidan keyin yumshoq va mazali bo‘lib qoladi, taxirligi esa yo‘qoladi.

Xurmo olmadan foydaliroq. Unda beta-karotin qalampir, pomidor va qovoqdagidan ko‘proq bo‘ladi. Tarkibida organizmdan shlak va toksinlarni chiqarib yuboradigan kletchatkalar ikki hissa ko‘proq. Nikotinga mukkasidan ketganlarga xurmoni kanda qilmaslik tavsiya qilinadi. Ushbu meva peshob haydovchi xususiyatga ega. Tarkibida glyukoza va kletchatka bisyorligiga qaramay, o‘rtacha kattalikdagi mevada 60 kilokaloriya bo‘ladi.

Qanday tanlash kerak?
Pishgan xurmo odatda yorqin olovrang yoki to‘q jigarrang bo‘ladi. Po‘stida jigarrang chiziqlar qancha ko‘p bo‘lsa, meva shunchalik mazali bo‘ladi. Agar «korolyok» bo‘lmasa, meva rangi yarim tiniq, barglari quruq bo‘ladi. Yetilgan xurmoning ichi jelesimon bo‘lib, qora nuqta va dog‘lar bo‘lsa, bu xurmoning ayniy boshlaganidan darak beradi. Peshob haydash xususiyatiga ega ekani sabab esa ushbu meva, ayniqsa, shishlarga moyilligi borlar uchun tavsiya qilinadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xurmo tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak?