Bugun, 12 oktabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi. Qur’on tilovat etilib, Alloh taolodan xalqimizga tinchlik-farovonlik tilab duo qilindi.
— Buxoro azaldan ilm, ma’naviyat markazi. Qadimda bu yerda 30 dan ortiq oliy madrasa bo‘lgan. Hech qayerdan buncha ko‘p ulamo chiqmagan. Bugun ham yoshlar tarbiyasida, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashishda Buxoroning o‘z o‘rni bor, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari ziyoratgohlarni va ularga olib boradigan yo‘llarni obod qilish, ichki turizmni rivojlantirish muhimligini ta’kidladi.
— Ziyorat xalqimizning ajdodlarga bo‘lgan hurmatini, yoshlar dunyoqarashini yuksaltirishga xizmat qiladi. Shuning uchun bu yerga boshqa hududlardan yangi yo‘nalishlar ochib, yoshlarni olib kelish, bilimini oshirish muhim, — dedi Prezident.
Shavkat Mirziyoyev bugun hudud rivoji bilan tanishadi, shuningdek, O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod sifatida buxorolik saylovchilar bilan uchrashadi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi