
Foto: Prezident matbuot xizmati.
Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Buxoro viloyatida bo‘lib turibdi. Amaldagi davlat rahbari xorijda ishlayotgan hamyurtlarimiz haqida fikr bildirdi.
— Shu millatning farzandi sifatida eng katta niyatim — chet elda ishlab yurgan odamlarimizni qaytarib olib kelish. Men prezident sifatida shu ishni amalga oshirishim kerak.
Nima uchun to‘qsoninchi yillarda Buxorodan hech kim Rossiyaga ketib ishlamasdi? Chunki shu yerning o‘zida sharoit bor edi. Agar biz qo‘ldan kelgancha o‘sha sharoitni yarata olsak, hamyurtlarimiz albatta qaytadi, — dedi Shavkat Mirziyoyev. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar