Majburiy ijro byurosi Sirdaryo viloyat boshqarmasi sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish sohasida joriy yilning o‘tgan 9 oyida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazdi.
MIB Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i v/b F.Babatayevning ma’lum qilishicha, dolzarb yo‘nalishlardan biri bo‘lgan aliment undiruvi bilan bog‘liq ijro ishlari bo‘yicha 9 238 nafar bolalarning ta’minoti uchun 8 339 nafar qarzdorlardan davriy to‘lovlar yuzasidan ijro harakatlari olib borilmoqda.
Joriy yilning o‘tgan davrida aliment undiruvi bilan bog‘liq ijro hujjatlari bo‘yicha taraflarni o‘zaro yarashtirish maqsadida olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida 553 ta oila qayta tiklanishiga erishildi.
Shuningdek, aliment to‘lovlari bo‘yicha 68 ta holatda qarzdorlar tomonidan bolalarining voyaga yetguniga qadar ta’minoti pul mablag‘i, uy-joy, avtomashina va boshqa shaklda to‘liq qoplandi.
Voyaga yetmaganlarning aliment pullarini hisoblash va to‘lash ustidan avtomatlashtirilgan tizimi yo‘lga qo‘yilib, aliment ijro hujjatlari bo‘yicha “MIB-portal” dasturiy ta’minoti orqali undirilgan mablag‘larni onlayn ravishda kuzatib borish imkoniyati joriy etildi.
Aliment undirish hamda ishsiz aliment to‘lovchilarni ish bilan ta’minlashga qaratilgan tadbirlar natijasida viloyatda jami 2 363nafar fuqarolar doimiy va mavsumiy ishga joylashtirildi. Shu jumladan, aliment to‘lovchilarni ish bilan band qilish maqsadida o‘tkazilgan mehnat yarmarkalarida bugungi kunga qadar jami 1 135 nafar qarzdorlar, doimiy (mavsumiy) ish bilan ta’minlandi.
Tadbirda, soha xodimlari tomonidan jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonun ustuvorligini ta’minlash, sud va boshqa organlar hujjatlarining so‘zsiz ijrosini ta’minlash sohasidagi targ‘ibot tadbirlarini yoritishda ko‘rsatgan faol ishtiroki munosabati bilan bir guruh ommaviy axborot vositalari xodimlari soha vakillari boshqarmaning tashakkurnomasi bilan taqdirlandi va hamkorlikni yanada kuchaytirish xususida kelishib olindi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi