«Toshkent yo‘lbarsi» nomi bilan jahonga mashhur bo‘lgan afsonaviy bokschimiz Rufat Risqiyev yil yakunigacha yangi uyga ko‘chib o‘tadi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Davlatimiz rahbarining ko‘rsatmasiga binoan har bir sohada faxriylarimizga e’tibor qaratish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, holidan xabar olish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston boks federatsiyasining bosh homiysi «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan Rufat Risqiyevga yangi xonadon qurish ishlari boshlandi», deyiladi xabarda.
Loyihaga ko‘ra, Rufat akaning xonadonidagi bo‘sh yer maydoniga u kishi uchun barcha qulayliklarga ega 3 xonali uy qurib beriladi. Reja bo‘yicha yangi uy yil yakunigacha qurib bitkaziladi va afsonaviy bokschimiz unga ko‘chib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi