21:50 / 15.10.2021
1 799

Ishsiz aliment to‘lovchilar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Ishsiz aliment to‘lovchilar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi
Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi, shahar va tuman bo‘limlari tomonidan voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Hususan, aliment to‘lovchi otalardan farzandlari uchun moddiy ta’minot undirish bilan bir qatorda ularni ish bilan bandligini ta’minlashga ham ko‘maklashib kelinmoqda.

Shunday tadbirlardan biri joriy yilning 13 oktabr kuni Andijon tumanida tashkil qilinib, unda sud tomonidan aliment to‘lash majburiyati yuklatilgan ishsiz shaxslar uchun “Mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi.

Tashkil qilingan mehnat yarmarkasiga 30 ga yaqin qarzdor ishsiz otalar jalb qilinib, korxona, tashkilotlar tomonidan vakant o‘rinlari, mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yaratilgan zarur shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

O‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasida 9 nafar aliment to‘lovchilar shu kunning o‘zida doimiy ish joyiga ega bo‘lgan bo‘lsalar, 3 nafariga yo‘llanma berildi, qolganlari esa tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘limi tomonidan ishsiz sifatida ro‘yhatga olinishiga ko‘maklashildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ishsiz aliment to‘lovchilar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi