«Toshkent metropoliteni faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi, deb xabar beradi Telegram’dagi «Huquqiy axborot» kanali.
Qarorga muvofiq, Toshkent metropoliteni UK «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tarkibidan Transport vazirligi tizimiga o‘tkazilib, «Toshkent metropoliteni» davlat unitar korxonasiga o‘zgartirildi. Toshkent metropoliteni DUK boshlig‘i Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda transport vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi.
Shuningdek, Toshkent metropoliteni 2024 yil 1 yanvargacha respublikada ishlab chiqarilmaydigan va tegishli ro‘yxat bo‘yicha import tovarlarni olib kirishda bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod etiladi.
Qaror bilan 2021–2023 yillarda Toshkent metropolitenida yo‘lovchi tashish va poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan birinchi navbatdagi chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.
Toshkent metropoliteni Vazirlar Mahkamasining 2016 yil oktabrdagi qarori bilan «O‘zbekiston temir yo‘llari» tarkibiga kiritilgan edi. Uning rahbari bir vaqtning o‘zida «O‘zbekiston temir yo‘llari» boshqaruv raisi o‘rinbosari hisoblanadi. Undan avval metropolitan poytaxt yo‘lovchi transportini boshqaruvchi «Toshshahartransxizmat» kompaniyasi tarkibida bo‘lgan.
Hozirda metropolitenning boshlig‘i va «O‘zbekiston temir yo‘llari» raisining o‘rinbosari lavozimida Toshkentning sobiq hokimi Rahmonbek Usmonov ishlab kelmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?