19 oktabr soat 17:00 da O‘zbekiston prezidentligiga nomzodlarning vakillari o‘rtasida teledebatlar bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zMTRK xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston milliy teleradiokanallari orqali O‘zbekiston prezidenti saylovida nomzodlarning vakillari o‘rtasidagi teledebat namoyish etiladi. Teledebatlarni «O‘zbekiston24», «O‘zbekiston», «Yoshlar», «Mahalla» va «Madaniyat va ma’rifat» telekanallari orqali tomosha qilish mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, aholining barcha qatlamlarini qamrab olish maqsadida «O‘zbekiston24» va «O‘zbekiston» kanallarida debatlar surdotarjima bilan namoyish etiladi. «Yoshlar» va «Toshkent» kanallarida debatlar ruscha tarjimada, «Madaniyat va ma’rifat» kanalida esa inglizcha tarjimada beriladi.
Bundan tashqari, O‘zMTRKning onlayn platformasi — «uztv.uz» orqali ham teledebatlarni tomosha qilish mumkin bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?