
19 oktabr soat 17:00 da O‘zbekiston prezidentligiga nomzodlarning vakillari o‘rtasida teledebatlar bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zMTRK xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston milliy teleradiokanallari orqali O‘zbekiston prezidenti saylovida nomzodlarning vakillari o‘rtasidagi teledebat namoyish etiladi. Teledebatlarni «O‘zbekiston24», «O‘zbekiston», «Yoshlar», «Mahalla» va «Madaniyat va ma’rifat» telekanallari orqali tomosha qilish mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, aholining barcha qatlamlarini qamrab olish maqsadida «O‘zbekiston24» va «O‘zbekiston» kanallarida debatlar surdotarjima bilan namoyish etiladi. «Yoshlar» va «Toshkent» kanallarida debatlar ruscha tarjimada, «Madaniyat va ma’rifat» kanalida esa inglizcha tarjimada beriladi.
Bundan tashqari, O‘zMTRKning onlayn platformasi — «uztv.uz» orqali ham teledebatlarni tomosha qilish mumkin bo‘ladi.
O‘zbekiston PrezidentligiTeledebatlarO‘zbekiston24 KanalYoshlar KanalMadaniyat va Ma’rifatO‘zMTRK O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar